Karlsenni Jahon chempionatidan chetlatilishiga sababchi bo‘lgan shim auksionga qo‘yildi

Sport

image

Shaxmat bo‘yicha o‘n oltinchi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsenning jinsi shimi sotuvga qo‘yildi. Bu haqda shaxmatchining o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Gap shundaki, Karlsen Nyu-Yorkdada o‘tgan Jahon chempionatiga dress-kodda bormasdan qoidani buzgan va jarimaga tortilib, shimini almashtirishni istamagani uchun diskvalifikatsiya qilingan.

“Jahon chempionatida taqiqlangan jinsi shimlar endi sizniki bo‘lishi mumkin. Men jinsi shimlarimni kim oshdi savdosida sotaman. Bir kun kelib shu ishni qilaman deb o‘ylamagandim, ammo shu kunlarga yetib keldik”, deydi Karlsen.

Lotning boshlang‘ich narxi – 7600 dollar. Barcha tushum xayriya ishlariga yo‘naltiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat Magnus Karlsen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing