Karlo Anchelotti faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin

Sport

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi rahbariyati jamoa murabbiyligiga “Real” ustozi Karlo Anchelottini taklif qilishi mumkin. Bu haqda “Onze Mondial” xabar berdi.

64 yoshli murabbiyning “Real” bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Madrid klubi Anchelotti bilan shartnomani 2026 yilga qadar uzaytirish niyatida – “qaymoqranglilar” Braziliya terma jamoasining qiziqishiga qaramay, murabbiy yangi shartnoma imzolashga rozi bo‘lishiga ishonmoqda.

“Manchester Yunayted” rahbariyati Erik Ten Xag boshchiligidagi jamoaning o‘yinlaridan ko‘ngli to‘lmayapti. Shu bois ham italiyalik mutaxassisni o‘z safiga taklif qilishga tayyor.

Angliya chempionatining 13-turidan so‘ng “Man Yunayted” 24 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining 6-pog‘onasida bormoqda. Madridning “Real” klubi esa 14 ta turdan keyin La Liga turnir jadvalida 35 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Real Manchester Yunayted Karlo Anchelotti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing