Karate milliy federatsiyasi mansabdorlariga jinoyat ishi ochildi

3-sahifa

image

O‘zbekiston juda ko‘p miqdordagi byudjet mablag‘larini talon-toroj qilishda ayblanayotgan Karate milliy federatsiyasi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Karate milliy federatsiyasi prezidenti N. N. federatsiyaning sobiq rahbarlari xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga murojaat yo‘llagan.

Ushbu hujjatlar asosida Bosh prokuraturaning boshqa mutasaddi idoralar bilan o‘tkazgan tekshiruvlari natijasida O‘zbekiston Karate milliy federatsiyasi mansabdor shaxslari va boshqalar rasmiy hujjatlarga soxta yozuv kiritib, juda ko‘p miqdordagi byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganligi ma’lum bo‘lgan.  

Xususan, 2020-2021 yillarda o‘tkazilgan 10 ta o‘quv yig‘inlarida 49 nafar sportchi amalda qatnashmagan hamda mehmonxona xizmatidan foydalanmagan bo‘lsa-da, ishtirok etganligi haqida soxta hujjatlar rasmiylashtirilib, 403 mln. so‘mlik byudjet mablag‘lari o‘zlashtirib yuborilgan. 

Sportchilar tomonidan ishlatilmagan 64 turdagi 78,5 mln so‘mlik dori vositalari ham talon-toroj qilingan. 

Shuningdek, sport zal ijaraga olinganligi to‘g‘risida hujjatlar rasmiylashtirilib, 128 mln so‘m mablag‘lar amalda sport zaliga ega bo‘lmagan mehmonxonaga o‘tkazilib, o‘zlashtirilgan. 

Shu kabi 2021 yilda o‘tkazilgan 3 ta sport musobaqalari qatnashuvchilari tomonidan to‘langan 150 mln so‘m badal pullari kirim qilinmagan. 

Bundan tashqari, me’yoriy hujjatlar talabalariga zid ravishda karate bo‘yicha jahon chempioni D.O.ga  trenerlik qilmagan U.B.ga davlat byudjetidan asossiz ravishda 6 ming AQSH dollari to‘lanishiga erishilib, byudjet mablag‘lari o‘zlashtirilgan.  

Yuqoridagi holatlar yuzasidan O‘zbekiston Karate milliy federatsiyasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

864

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing