Karantinni buzganlar javobgarlikka tortiladi – Maxsus komissiya
Jamiyat
−
30 iyun 2020
8495O‘zbekistonga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi karantin qoidalarini, belgilangan taqiq va cheklovlarni buzish qat’iy ravishda ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatmoqda.
Bunda:
• sanitariya va karantin cheklovlariga rioya etmaslik, shu jumladan, avtobus salonlarida sanitariya-epidemiologiya talablarini buzish;
• avtotransport vositalaridan ruxsat berilgan vaqtdan tashqarida foydalanish, jamoat joylari va tadbirkorlik faoliyati ob’ektlarida ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlamaslik;
• uch kishidan ortiq yig‘ilish, tibbiy niqobdan foydalanmaslik;
• oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish tartibini buzish;
• tegishli mas’ullar hamda fuqarolarga nisbatan epidemiyalarga qarshi kurash talablarini buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Shuningdek, karantin cheklovlari sharoitida ruxsat berilmagan tadbirkorlik faoliyati (xostellar, tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter o‘yinlari markazlari) bilan shug‘ullanmaslik Milliy gvardiya, Ichki ishlar, soliq organlari va Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi tomonidan muntazam ravishda profilaktika tadbirlarini o‘tkazgan holda nazoratga olish va mazkur talablarni buzgan shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish belgilandi.
Toshkent shahriga avtotransport vositalarining kirib-chiqish POSTLARIDA sanitariya-gigiyena va karantin talablariga rioya etish, shu jumladan, avtotransport vositalarini dezinfeksiyadan o‘tkazish talablariga qat’iy rioya etish talab etiladi.
LiveBarchasi