Karantinga olingan hududlarda nazorat kuchaytirildi

Jamiyat

Novosibirskdan 253 nafar o‘zbekistonlik olib kelindi north_east

Novosibirskdan 253 nafar o‘zbekistonlik olib kelindi

O‘zbekitonda koronavirus sabab karantinga olingan fuqarolar saqlanayotgan joylarda nazorat kuchaytirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda chet mamlakatlarda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni maxsus charter reyslar orqali O‘zbekistonga olib kelinib, 14 kunlik karantinda saqlanmoqda. Karantinga olingan ob’ektlarda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, qolaversa, tibbiy nazoratdagilarning o‘zboshimchalik bilan belgilangan hududni tark etishining oldini olish maqsadida nazorat choralari kuchaytirilmoqda.

“Fuqarolarimiz xavfsizligini ta’minlash maqsadida bugun karantinga olingan ob’ektlarda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari kunu tun o‘z xizmat faoliyatini olib bormoqda. Xavfsizlikning bu tarzda kuchaytirilishi, shubhasiz, hamyurtlarimiz salomatligi va mamlakatimizning ushbu kasallikdan talafotsiz va tezroq xalos bo‘lishiga zamin yaratadi”, deyiladi xabarda.

Karantin chora-tadbirlari belgilangan joylarda xizmat o‘tayotgan harbiylar xizmatchilarning huquqiy himoyasini mustahkamlash, aholiga tegishli tushuntirish ishlari olib borish maqsadida Respublika Harbiy prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari mazkur ob’ektlarda bo‘lishgan.

Eslatib ўтамиз, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 45 nafarga yetdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

karantin koronavirus

Baholaganlar

204

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing