Karantinda parvozni sog‘inganlar uchun maxsus restoran ochildi (fotoreportaj)
Olam
−
11 Sentabr 2020
8519Tailandning milliy aviakompaniyasi bo‘lgan "Thai Airways" yaqinda Bangkokdagi ofislarining kafeteriyasini "pop-up" restoranga aylantirdi. Restoran parvoz vaqtida taqdim etiladigan menyuga asoslangan. Ochilish kunida u juda gavjum bo‘ldi.
Restoran koronavirus pandemiyasi sharoitida sayohatga bo‘lgan talabning pasayishi natijasida yo‘qolgan daromadlarning bir qismini qoplash uchun ochildi. Bu haqda "Thai Airways" aviakompaniyasining oziq-ovqat xizmati bosh boshqarmasi direktori Varangkana Luyerojvong ma’lum qildi.
Restoran parvoz vaqtidagi taomlardan ham ko‘proq tanlov taklif qiladi. U samolyotning ehtiyot qismlari – o‘rindiqlar, maxsus gilam, stol bilan jihozlangan. U bir qarashdayoq sizga samolyot bortini eslatadi. Xizmatchilar esa bort kuzatuvchilari libosida namoyon bo‘ladi. Oshpazlar va ofitsiantlar mijozlar bilan, xuddi parvoz vaqtidagidek muloqot qilishadi. Siz ushbu restoranga kelganingizda xuddi samolyotdagidek avval trapdan ko‘tarilasiz.
Luyerojvongning aytishicha, kuniga 2000 kishiga ovqat tayyorlash imkoniyatiga ega bo‘lgan maskan o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.
"Thai Airways" may oyida bankrot bo‘lishdan himoyalanish maqsadida ariza bergan edi.
Qanchalik g‘alati bo‘lmasin, bunday g‘oya birinchisi emas. O‘tgan yili "AirAsia" aviakompaniyasi parvoz menyusi uchun ajratilgan taomlarni sotadigan ilk restoranni ochgandi.
Rushanabonu Sultonova
LiveBarchasi