Karantin vaqtida amal qilish muddati tugagan hujjatlar masalasi qanday hal qilinadi?

Jamiyat

image

Karantin vaqtida muddati tugagan hujjatlarning amal qilish sanasi uzaytiriladi. Bu haqda bugun, 19 aprel kuni Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov AOKA shtabida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan avtotransport vositalari egalariga qulaylik yaratish hamda muddati tugagan hujjatlar uchun yengillik berish maqsadida:

- barcha ruxsat berish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlar (litsenziya va ruxsatnomalar);

- shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar (fuqarolik pasporti, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida yashashiga ruxsatnoma);

- avtotransport vositalarini boshqarish uchun talab qilinadigan hujjatlarning (sug‘urta polisi, ishonchnoma, texnik ko‘rikdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlar) amal qilish muddati 2020 yil 1 iyulga qadar uzaytiriladi.

Aytilishicha, ularning muddati o‘tganligi munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslarga javobgarlik va boshqa ta’sir choralari qo‘llanilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Karantin Hujjatlar

Baholaganlar

117

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing