Karantin talabi vaji bilan avtomobilni jarima maydoniga olish qonuniylashtirildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda ko‘p vaqtdan beri beri muammo bo‘lib kelayotgan masala – karantin talabi buzilgani uchun avtomobilni jarima maydoniga joylashtirish endi qonuniylashtirib qo‘yildi. 

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish kiritildi. Tegishli Qonun O‘zbekiston Prezidenti tomonidan tasdiqlandi.

Kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, endilikda epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish (54-modda) bilan bog‘liq ma’muriy ishlar ichki ishlar organlari tomonidan ham ko‘rib chiqilishi mumkin.

Bunda, ichki ishlar organlari ushbu toifadagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda ma’muriy jazoni qo‘llashga faqat tegishli hududlarda yoki ob’ektlarda karantin joriy etilgan taqdirda, haqlidir.

Shuningdek, endilikda karantin sharoitida haydovchilar tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasining ikkinchi qismida (transport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar buzilishi qismida) nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilganda, transport vositalari ichki ishlar organlari tomonidan ma’muriy ish ko‘rilguniga qadar ushlab turilishi mumkin.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

jarima maydoni

Baholaganlar

336

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing