Karantin sharoitida ijodiy imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi

Jamiyat

image

OTMlarda kasbiy (ijodiy) imtihonlarda bitta abituriyent uchun yarim soatdan bir  soatgacha vaqt ajratiladigan bo‘ldi. Bundan tashqari, imtihonlar to‘liq videokuzatuv ostida o‘tkazilib, imtihon jarayonlarining videoyozuvlari saqlanadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2020/2021 o‘quv yili qabuli uchun OTMlarda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni tashkil etish bo‘yicha  yo‘riqnomada so‘z boradi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar berishicha, abituriyent imtihonga shaxsiy pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi lozim. 

Shuningdek, abituriyentlar imtihonga tibbiy niqob va qo‘lqopda kiritiladi. imtihonga kirish oldidan har bir abituriyentning tana harorati o‘lchanadi.  Harorati 37 darajadan yuqori bo‘lgan abituriyentlar imtihonlarga qo‘yilmaydi.

Ma’lum qilinishicha, imtihon natijalari tegishli OTMning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Abituriyentlardan hujjatlar 20 iyundan 20 iyulgacha qabul qilinadi.

Endilikda abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi berildi.

Shuningdek, O‘zbekistonda Oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari joriy yilning 1 avgustidan boshlanishi rejalashtirilmoqda.

 


Maqola muallifi

Teglar

ijodiy imtihon

Baholaganlar

81

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing