Abituriyent ijodiy imtihondan o‘tish uchun pul to‘laydimi?

Jamiyat

image

Ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlardan hech qanday to‘lov undirilmaydi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot kotibi Farhod Babashev ma’lum qildi.

So‘nggi vaqtlarda ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar ham 111 500 so‘m miqdorida pul to‘lashi kerakligi haqida turli ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bugun, 2 iyun kuni AOKA shtabida o‘tgan brifingda ishtirok etgan Farhod Babashev ushbu masalaga to‘xtalib o‘tdi.

“Respublika oliy ta’lim muassasalarida ijodiy imtihonga kiradigan abituriyentlar 111 500 so‘m miqdoridagi pulni to‘lashmaydi. Bu faqat test topshiradigan abituriyentlar uchun belgilangan”, dedi rasmiy.

Ma’lumot uchun, OTMlarda kasbiy (ijodiy) imtihonlarda bitta abituriyent uchun yarim soatdan bir  soatgacha vaqt ajratilgan. Imtihon natijalari tegishli OTMning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 iyun kuni Davlat test markazi tomonidan test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali o‘qishga qabul qilinadigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati e’lon qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

ijodiy imtihon

Baholaganlar

150

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing