Karantin davrida elektr energiyasi hisoblagichlari davriy qiyoslovdan o‘tkazilmaydi (mi?)
Jamiyat
−
06 aprel 2020
4239“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan joriy yilning 6 aprel kunidan e’tiboran elektr energiyasi hisoblagichlarini davriy qiyoslovdan o‘tkazish sanitariya-epidemiologik holat yaxshilangunga qadar to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Bu ish O‘zbekiston Respublikasi hududida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish va aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash vazifalari yuzasidan amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq, davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiralarida foydalaniladigan o‘lchash vositalari metrologik tekshiruvdan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat reyestriga kiritilgan hamda davlat metrologik tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiralarda qo‘llanib kelinayotgan hisobga olish priborlari davriy qiyoslash o‘tkazilganidan so‘ng foydalanishga yo‘l quyiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 390 nafarga yetdi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlarning 30 nafari davolandi, 2 nafari vafot etdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi