Bugungi xushxabar! O‘zbekistonda koronavirusdan shifo topganlar soni yana oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 5 aprel kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolardan yana 5 nafari butkul sog‘aydi. Tuzalganlar Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va boshqa mas’ullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shunday qilib, ayni paytda koronavirus infeksiyasiga chalingan jami 298 nafar bemordan 30 nafari butkul sog‘aydi.

"Tuzalganlarning kun sayin ko‘payib borayotganida esa, avvalambor, shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarini, shuningdek, yurtimizning boshqa hududlarida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolayotgan, shu bilan birga, karantinga olingan 100 mingdan ziyod fuqarolarni tibbiy kuzatuvga olgan barcha-barcha tibbiyot xodimlarining ulkan hissasi mujassam", deyiladi xabarda.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Kornavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

400

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar