Kante o‘n birni birga almashtirishi mumkin

Sport

image

Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi N'Golo Kante yozgi transfer oynasida “Arsenal”ga o‘tishi mumkin. Bu haqda “Todofichajes” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “kanonirlar” rahbariyati fransiyalik futbolchini erkin agent sifatida qo‘lga kiritishga umid qilmoqda, biroq “Chelsi” ham 32 yoshli futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishga tayyor.

N'Golo Kante “Chelsi”da 2016 yildan beri to‘p suradi. Uning London klubi bilan shartnomasi shu yozda yakuniga yetadi.

Fransiyalik futbolchi jarohati sabab avgust oyidan beri maydonga tushmayotgandi. U mart oyiga kelibgina klub o‘yinlarida ishtirok etishni boshladi. Kante londonliklar safida jami 265 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urgan va 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Hozirda “Chelsi” 39 ochko bilan APL turnir jadvalida 11-o‘rinda bormoqda. “Arsenal” 74 ochko bilan chempionatda peshqadamlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

“Chelsi” N'Golo Kante

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing