Kannavaro Infantinoni qo‘llab-quvvatladi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro hamda uning braziliyalik hamkasbi Kafu Janni Infantinoni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Bu haqda Kannavaro Instagram sahifasida aytib o‘tdi.

Ularning ijtimoiy tarmoqlardagi qo‘llab-quvvatlov xabarlari fransuz futbolchisi Mikael Silvestr boshchiligidagi yana bir guruh sobiq futbolchilar FIFA rahbariyatida “o‘zgarishlar” qilishga chaqirganidan keyin paydo bo‘ldi.

“So‘nggi o‘n yil ichida jahon futboli yaxshilandi va futbolchilar yana bir bor markaziy o‘rinni egallashdi”, deb yozdi Kannavaro ijtimoiy tarmoqlarda.

Shunga o‘xshash xabarlarni braziliyalik futbolchilar Kafu va Roberto Karlos, argentinalik Xaver Sanetti va Esteban Kambyasso, kolumbiyalik Ivan Ramiro Kordoba hamda meksikalik Jared Borxetti ham ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.

“Infantino juda yaxshi ish qildi... Buni tan olmaslik intellektual jihatdan nohaqlik bo‘lar edi”, deb qo‘shimcha O‘zbekiston milliy terma jamoasini bosh murabbiyi.

Ma’lumot uchun, 56 yoshli Infantino 2016 yilda Zepp Blatter o‘rniga FIFA prezidenti etib saylanganida Yevropa davlatlarining keng qo‘lloviga ega bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fabio Kannavaroning ona yurti – Italiya futbol federatsiyasi Janni Infantinoni qo‘llab quvvatlashdan voz kechgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing