Kanalga axlat tashlagan mas’ul xodim jazolandi (video)

3-sahifa

image

Bo‘zsuv kanaliga axlat tashlagan Toshkent shahar Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimi jarimaga tortildi. Bu haqda Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Uchtepa tumani inspektorlari, Toshkent shahar hududiy filiali hamda Suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish bo‘limi mas’ullari tomonidan joyiga chiqib o‘rganilgan.

Jarayonda kanal qirg‘oqlarida chiqindilar  mavjudligi va qarovsiz holatga kelganligi aniqlanib, holat yuzasidan Toshkent shahar Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari jalb qilinganda, Bo‘zsuv kanali qirg‘oqlarini mustahkamlash maqsadida soz tuproq bilan to‘ldirilganda tuproq orasida qurilish chiqindilari bo‘lganligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Kanallar boshqarmasi mas’ul xodimi M.T. ismli shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining  91¹-moddasi (Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish) 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 6 mln 800 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Shuningdek, Bo‘zsuv kanali qirg‘oqlari chiqindilardan tozalanib, kuzgi mavsumda daraxt ko‘chatlarini ekish majburiyati yuklatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent axlat Bo'zsuv kanali

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing