Kanadaliklar 1000 ga yaqin bola o‘limi uchun Rim Papasi kechirim so‘rashini talab qilmoqda   

Olam

image
0:00
0:00
download

Avvalroq Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasidagi cherkov qoshidagi hindularni assimilyatsiya (biror elatni o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlaridan mahrum qilish) qilishga mo‘ljallangan maktabdan 215 nafar bolaning jasadi topilgani haqida xabar bergan edik. Ko‘p o‘tmay Saskachevan provinsiyasidagi cherkov maktabidan 751 nafar bolaning jasadi topildi.

Qabrlar topilgandan so‘ng, BMT Kanadada bolalarni ommaviy dafn etish ishini tekshirishni talab qildi. Shuningdek, mamlakat bosh vaziri eski maktab-internatini nazorat qilgan Rim papasini aholidan kechirim so‘rashga chaqirdi.

Ta’kidlanishicha, mamlakatning tub aholisi aborigenlar yetakchilari Vatikanga borib, Rim-katolik cherkovining Kanadadagi hindu bolalariga mo‘ljallangan maktab-internatlarni boshqarishdagi salbiy roli uchun Papa Fransiskning kechirim so‘rashiga erishmoqchi.

Ma’lum bo‘lishicha, Vatikanga tashrif 2021 yil 17–20 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Delegatsiya tarkibiga Kanadadagi barcha mahalliy tub jamoalarning rahbarlari kirishi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Kanadada 150 mingdan ortiq bola majburan cherkov maktablariga borishgan. Aksariyati jismoniy, jinsiy va psixologik zo‘ravonliklarga duch kelgan. 2008 yilda hukumat ushbu tizim uchun rasmiy ravishda kechirim so‘ragan. 2015 yilda e’lon qilingan “Haqiqat va yarashuv” nomli hisobotda bu siyosat “madaniy genotsid” ekani aytilgan. Bugungi kunga kelib bu turdagi maktab-internatlarida 4100 dan ziyod bola o‘qish paytida vafot etgani aniqlandi.

Yulduz Abdurashidova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

231

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing