Kanadaga kuchli tornado yopirildi (video)

Olam

image

Kanadaning Didsberi shahriga kuchli tornado yopirildi. Bu haqda “Fox News” xabar berdi.

Kecha, 1 iyul kuni shaharda momaqaldiroq yuz bergan va bu yirik tornadoni keltirib chiqargan.

Atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi milliy agentligi favqulodda ogohlantirishlar e’lon qilgan.

"Bu hayot uchun potensial xavfli vaziyat. Tornado haqida ogohlantirishlar yaqinlashib kelayotgan yoki davom etayotgan momaqaldiroqlar tornadoga olib kelishi mumkin bo‘lgan hollarda beriladi", deydi meteorologlar.

Tornado oqibatida bir necha odamlar jarohatlangan va uylar zarar ko‘rgan.

Ma’lumot uchun, oxirgi yillarda AQSHdan tashqari boshqa mamlakatlarga qaraganda Kanadada ko‘proq tornado kuzatilmoqda.

Ularning aksariyati yozda Ontario va janubiy cho‘llarda sodir bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Kanada tornado

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing