Kanadadagi g‘ayritabiiy issiq tufayli 200 dan ortiq odam vafot etdi

Olam

image

Avvalroq Kanadada uch kundan beri jazirama issiq bo‘layotgani haqida xabar bergan edik. G‘ayritabiiy issiq tufayli 200 dan ortiq odam vafot etdi

Qayd etilganidek, kuzatilayotgan jazirama issiq sabab mamlakatning Britaniya Kolumbiyasida 200 dan ortiq aholi vakili g‘ayritabiiy yuqori harorat qurboniga aylandi. Kuzatilayotgan issiq havo kecha, 29 iyun kuni rekord darajaga (+49.6° C) yetgan.

Britaniya Kolumbiyasi ma’muriyati 25 iyun kuni kuzatilgan jazirama paytida 233 kishi o‘lganini ta’kidladi. Vankuver politsiyasi esa 65 ta o‘lim holati haqida xabar berilgan chaqiriqqa javob berganini va Surrey shahrida so‘nggi ikki kun ichida issiqlik tufayli 38 kishi vafot etganini ma’lum qildi. 

Politsiyaning qayd etishicha, jazirama issiqlik boshlangandan beri har kuni o‘lim holati kuzatilmoqda. Xususan, bugun 30 iyun kuni kuzatilgan 46,6 daraja issiq oqibatida 30 dan ortiq odam vafot etgan. Ularning ko‘pchiligini qariyalar tashkil qilmoqda. 

Politsiya hanuzgacha odamlarning o‘limi sabablarini aniqlamoqda.

Yulduz Abdurashidova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

295

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing