Kanadada 10 kishini o‘ldirishda gumonlangan shaxs ushlandi
Olam
−
08 Sentabr 2022 9090 1 daqiqa
Kanada politsiyasi kecha, 7 sentyabr kuni joriy yilning 4 sentyabr kuni sodir etilgan bir qator qotilliklar bo‘yicha yagona tirik gumonlanuvchini qo‘lga oldi. 30 yoshlardagi erkak Kanadaning markaziy qismidagi Saskachevan provinsiyasidagi Rostern shahri yaqinida qo‘lga olindi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u akasi bilan 13 xil joyda, jumladan, James Smith Sree Nation qo‘riqxonasi va Veldon qishlog‘ida jinoyat sodir etgan. Hammasi bo‘lib 10 nafar mahalliy aholi vakili halok bo‘lgan, 18 nafari pichoqlangan.
Gumonlanuvchining akasining jasadi 5 sentyabr kuni topilgan bo‘lib, politsiyaning fikricha, unda o‘ziga o‘zi yetkazishi mumkin bo‘lmagan jarohatlar topilgan.
Hibsga olingan shaxs huquq-tartibot idoralariga 20 yildan beri tanish. Voyaga yetganidan so‘ng u 59 ta huquqbuzarlik, jumladan, o‘g‘irlik va zo‘ravonlik sodir etgan. O‘smirlik davridan beri u spirtli ichimliklar va giyohvand moddalar bilan bog‘liq muammolarga duch keladi. 14 yoshida u kokain iste’mol qila boshlagan.
Avvalroq Kanadaning Saskachevan provinsiyasida qurollangan ikki kishi odamlarga hujum qilib, 10 kishini o‘ldirgani haqida xabar bergan edik. Ular voqea joyidan qochib ketgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025