Kanada O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kanada elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Ostona shahrida) Alan Hemsondan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

“Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Alan Hemson janoblari bilan uchrashish va uning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilishdan mamnunmiz. Janob Hemsonning mintaqamiz bo‘yicha boy tajriba va bilimga egaligini qadrlaymiz. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi janob elchining O‘zbekiston-Kanada ikki tomonlama munosabatlarida foydalanilmagan ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarishga hissa qo‘shish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor”, deydi Baxtiyor Saidov.

Alan Hemson 2021-2024 yillarda O‘zbekistondagi elchi lavozimida akkreditatsiyadan o‘tgan (qarorgohi Moskva shahrida) Elison Meri Lekler o‘rniga tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baxtiyor Saidov Kanada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made