Kanada urushning bir yilligiga yangi sanksiyalar paketini e’lon qildi

Olam

image

Kecha, 24 fevral kuni Kanada hukumati Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya”ning bir yilligi munosabati bilan Rossiyaga qarshi keng ko‘lamli sanksiyalar paketini joriy qildi. Shuningdek, Ukrainaga yana bir harbiy yordam taqdim etdi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

Shimoliy Amerika mamlakati Bosh vaziri Jastin Tryudoning ma’lum qilishicha, Ottava shahridan elektron ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan ba’zi kimyoviy moddalarni Rossiyaga eksport qilish ham taqiqlandi. 

Kanada hukumati yana 4 ta Leopard 2 tankini Ukraina qo‘shinlariga topshirishga qaror qildi. Ushbu uskuna allaqachon Polshaga yetkazilgan bo‘lib, kundalik instruktorlar tomonidan ekipaj uni boshqarishga o‘rgatilmoqda. 

“Bundan tashqari yana 5000 ta o‘q-dori yordam sifatida yuboriladi”, deydi Kanada Bosh vaziri.

Kanada hozirga qadar 129 nafar – rossiyalik hukumat a’zosi, harbiylar, harbiy-sanoat kompleksi vakillari, shuningdek, 63 ta yuridik shaxslar – Rossiya Bosh vazirining o‘rinbosari, vazirlar, Prezident ma’muriyati va hukumati xodimlari, Ukrainada ishlatiladigan artilleriya va qurol ishlab chiqaruvchilarga qarshi sanksiyalarni joriy qildi.   

Sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning rafiqasi Svetlana, uning o‘g‘li Ilya Medvedev, hukumat raisining o‘rinbosari Tatyana Golikova, Prezident yordamchisi Maksim Oreshkinlar ham kiritilgan.

Umida Muxtorbekova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing