Kanada husiylarga qarshi Xitoydan foydalanmoqchi

Olam

image

G‘arb yirik savdo kemalariga hujum uyushtirib kelayotgan husiylar masalasida Xitoydan yordam so‘ramoqda. Kanada Tashqi ishlar vaziri Melani Joli Xitoyni ularga nisbatan chora ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qilgan.

Myunxen Xavfsizlik konferensiyasi doirasidagi yig‘ilishda Kanada Tashqi ishlar vaziri xitoylik mavqedoshi Van Iga Qizil dengizni ochiq saqlash uchun husiylarga ta’sir ko‘rsatishini iltimos qilgan.

“Bu Xitoyning eksportchi sifatidagi manfaatlariga mos keladi”, deydi vazir intervyu chog‘ida. Avvalroq, Buyuk Britaniya neft tankeriga husiy jangchilari tomonidan hujum uyushtirilgani haqida bayonot berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yevropa savdo tashkiloti YeI institutlari va a’zo davlatlarni Qizil dengiz inqirozini hal qilishga chaqirib, Belgiya Tashqi ishlar vaziriga maktub yo‘llagandi.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xitoy Kanada husiylar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing