Kamola Harris rasman prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatildi
Olam
−
06 avgust 2024 5499 2 daqiqa
AQSHning amaldagi vitse-prezidenti Kamola Harris AQSH prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod sifatida rasman ko‘rsatildi. Uni partiya delegatlarining ko‘pchiligi virtual qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.
Demokratik partiya 19-22 avgust kunlari Chikagoda bo‘lib o‘tadigan qurultoyda prezidentlikka nomzodini ko‘rsatishi kerak edi. Biroq Milliy qo‘mita o‘z nomzodini Ogayo shtatidagi saylov byulleteniga qo‘yish uchun hujjatlarni topshirish muddatini o‘tkazib yubormaslik uchun qurultoydan ikki hafta oldin, avgust oyi boshida partiya delegatlari uchun onlayn ovoz berishni o‘tkazishga qaror qildi.
Amaldagi shtat qonunchiligiga ko‘ra, ular 7 avgustda tugaydi. Ogayo gubernatori yaqinda muddatni sentyabr oyining boshigacha uzaytiruvchi qonunni imzoladi, biroq hujjat 1 sentyabrgacha kuchga kirmaydi, shuning uchun demokratlar muddatidan oldin ovoz berish orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy muammolardan qochishga umid qilmoqda.
Harris odatdagi delegatlar ovozlarini belgilaydigan ichki partiya saylovlarida qatnashmadi. 21 iyulgacha Demokratik partiyadan yetakchi va deyarli raqobatsiz nomzod AQSHning amaldagi Prezidenti Jo Bayden edi.
Iyun oyi boshida yakunlangan kokus va praymerizlar natijasida u deyarli barcha 3,9 ming delegatning qo‘llab-quvvatlashiga erishdi, biroq 27 iyun kuni u respublikachi Donald Trampga qarshi o‘zining birinchi debatida nihoyatda omadsiz chiqdi.
Oradan uch hafta o‘tib, o‘z partiyadoshlarining bosimi ostida Bayden saylovdan o‘z nomzodini qaytarib olishga majbur bo‘ldi.
Shundan so‘ng, Demokratik partiyaning milliy qurultoyi qoidalariga ko‘ra, Bayden delegatlari istalgan nomzodga ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Prezidentlikka ko‘rsatilishi uchun nomzodlar, avvalo, ulardan kamida 300 nafarining qo‘llab-quvvatlashiga ega bo‘lishi kerak edi. Faqat Harris ushbu protseduradan o‘tdi, shuning uchun delegatlarning “qo‘ng‘iroqlari” asosan rasmiy xarakterga ega edi.
Virtual ovoz berish 1 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 9:00 da boshlandi va 2 avgust kuni soat 13:00 da Harris AQSH prezidentligiga nomzodlik uchun partiya delegatining kerakli ovozini oldi.
U davlat rahbari lavozimiga da’vogar birinchi afro-amerikalik va osiyolik ayol bo‘ladi.
Live
Barchasi