Kamerunlik mashhur futbolchi faoliyatini tugatdi

Sport

image

Kamerun terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi – 36 yoshli Aleks Song butsalarini “mixga ildi”. Bu haqda sportchi o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“Afsuski, butsalarimni “mixga osish” vaqti keldi. Yaunde shahrida butsasiz, yalangoyoq va qattiq shag‘al ustida o‘ynagan bolaligimda boshlangan sayohatim menga muvaffaqiyatga erishish uchun kuch va jasorat berdi. Fransiyaga ko‘chib o‘tganimda va “Bastiya”da o‘ynaganimda, hayotimda mo‘’jiza bo‘ldi deb o‘yladim. Biroq, bu faqat boshlanishi edi. Mening sayohatim dunyodagi eng buyuk klublar “Arsenal” va “Barselona”da davom etdi. Bu yo‘lda menga ko‘p odamlar yordam berdi: ayolim, farzandlarim, oilam, do‘stlarim, agentim, murabbiylarim va, albatta, barcha jamoadoshlarim, ulardan doim minnatdorman. Albatta, “Charlton”, “Vest Xem”, “Rubin”, “Sion” va “Arta” jamoalari ham mening qalbimda abadiy qoladi. Men 60 marta terma jamoa o‘yinlarida vatanim sharafini himoya qilishga muyassar bo‘ldim, bundan faxrlanaman. Men bilan abadiy qoladigan juda ko‘p ajoyib xotiralar borligidan baxtiyorman. Nihoyat, bu yo‘lda meni qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarga minnatdorlik bildiraman, hammasini qadrlayman”, deb yozdi Song o‘z sahifasida.

Aleks Song “Barselona” bilan La Liga chempionligi va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Rossiyaning “Rubin” klubida u jami 23 o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi. Song 2008 yilda Afrika Millatlar Kubogi finaliga chiqdi.

Uning so‘nggi klubi Jibuti jamoasi edi. “Arta” klubida Song ikki marta ushbu mamlakat chempioni va kubogi sohibiga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Afrika Kamerun Barselona Aleks Song

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing