Wi-Fi va hojatxona. AGTKS, AGQS va AYOQSlarga yangi talablar qo‘yildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilmani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari (AGTKS), avtomobillarga gaz quyish stansiyalari (AGQS) va avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari (AYOQS) egalariga AGTKS, AGQS va AYOQS hududida qonun hujjatlari talablariga muvofiq savdo shoxobchalari, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, tez ovqatlanish shoxobchalari va bepul wi-fi zonalari tashkil qilish tavsiya etildi.

Shuningdek, 2020 yil 1 martdan boshlab jamoat maqsadlariga mo‘ljallangan va kecha-kunduz ishlaydigan, sanitariya va shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gignena shoxobchalari bilan jihozlanmagan AGTKS, AGQS va AYOQSlarning faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Sanitariya-gigiyena shoxobchalarini obodonlashtirish to‘g‘risidagi talablarni bajarmagan va kamchiliklarni bartaraf etmagan stansiyalarga gaz va neft mahsulotlarini yetkazib berish to‘xtatiladi, litsenziyasi ham bekor qilinishi mumkin.

2020 yilning 1 sentyabriga qadar hududlarda savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish, tez ovqatlanish shoxobchalari. Wi-Fi zonalari va sanitariya-gigena uzellari bilan ta’minlangan bittadan namunaviy AYOQS, AGQS va AGTKSlar tashkil etilishi lozim.


Maqola muallifi

Teglar

qaror turizm AGTKS AYoQS

Baholaganlar

60

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing