Kamerunda 62 nafar futbolchi yosh firibgarligi bo‘yicha gumon qilinmoqda

Sport

image

Kamerun futbol federatsiyasi 62 nafar futbolchini yoshiga nisbatan firibgarlik aybi bilan futboldan chetlatdi. Bu haqda “Transfer News Live” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchilar ikki marta identifikatsiya qilish va haqiqiy yoshini yashirishda gumon qilinmoqda. Gumonlanayotganlar orasida “Viktoriya Yunayted” yarim himoyachisi Vilfrid Natan Duala ham bor, u Kamerun terma jamoasining 2023 yilgi Afrika Millatlar kubogi uchun terma jamoaga kiritilgan.

Pasportiga ko‘ra, u 17 yoshda, ammo futbolchi ko‘rinishidan kattaroq ko‘rinadi, biroq, Dualla turnirda umuman maydonga tushmagan.

Kamerun chempionati oliy ligasidagi 19 ta jamoadan faqat 4 tasida qoidabuzarlar topilmadi. 72 soat ichida klublar kerakli hujjatlarni taqdim etish va jazo ustidan shikoyat qilish huquqiga ega.

Ma’lumot uchun, so‘nggi Afrika Millatlar kubogida Kamerun terma jamoasi Nigeriyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani 1/8 finalda tark etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kamerun Vil'frid Natan Duala

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing