Kamyob voqelik: O‘zbekiston 5 oydan beri oltin eksport qilmayapti
Jamiyat
−
22 fevral 2021
14424O‘zbekiston besh oydan beri oltin eksport qilmagan, ya’ni, so‘nggi bor mamlakat avgust oyida oltin sotgan. Bu so‘nggi 3 yil ichida ilk bor ro‘y berdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot taqdim etdi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda O‘zbekiston eksportining 43,5 foiz ulushini oltin tashkil qilgandi.
2020 yilning 10 oyi davomida 5 mlrd 804,4 mln dollarlik oltin sotilgan va eng eksportbob mahsulot bo‘lgan. Bu o‘tgan yilgiga qaraganda 43,5 foizga ko‘p edi.
2021 yil yanvar oyida esa asosiy eksport sanoat (35,7 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari (11 foiz) va kimyoviy moddalar (8,9 foiz) bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, oltin sotilmaganini respublika tashqi savdo aylanmasining 657,6 mln dollarga yoki 22,2 foizga qisqargani bilan izohlash mumkin.
O‘zbekiston oltin sotishni 2020 yilning sentyabr oyidan to‘xtatgan.
LiveBarchasi