Kamchatkada Yevroosiyodagi eng baland vulqonning otilishi boshlandi

Olam

image

Rossiyadagi Kamchatka yarimorolida Klyuchevskaya Sopka vulqonining otilishi boshlandi. Bu haqda bugun, 23 iyun kuni Vulkanologiya va seysmologiya instituti xabar berdi.

KVERT (Kamchatkada vulqon otilishiga qarshi kurash guruhi) ma’lumotlariga ko‘ra, otilish kecha, 22 iyun mahalliy vaqt bilan 23:23 dan beri davom etmoqda. Ayni paytda vulqon kraterida Stromboliya tipidagi portlovchi lava otilishi kuzatilmoqda.

“Bunday otilish na atrofdagi qishloqlar aholisi uchun, na aviatsiya uchun xavfli emas. KVERT vulqonni kuzatishda davom etmoqda”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Klyuchevskaya Sopka Kamchatkaning sharqiy qismida joylashgan faol vulqon hisoblanadi. U Yevroosiyodagi eng yuqori faol vulqon bo‘lib, balandligi 4 ming 750 m, yoshi taxminan 7 ming yilni tashkil etadi. Klyuchevskaya Sopka oxirgi marta 2022 yil noyabr oyida otilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kamchatka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing