Kambodjadagi kazinoda yong‘in sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor (video)

Olam

image

Kambodjaning Poypet shahridagi “Grand Diamond City” mehmonxonasi va kazinosida sodir bo‘lgan yong‘inda kamida o‘n kishi halok bo‘ldi, 30 kishi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda “Phnom Penh Post” nashri xabar berdi.

Mehmonxona binosida yong‘in 28 dekabr kuni tunda sodir bo‘lgan. Voqea joyiga 11 ta o‘t o‘chirish brigadasi jalb qilingan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda vahimaga tushgan odamlarning mehmonxona derazalaridan sakrab tushganini ko‘rish mumkin.

Yong‘in sabablari hozircha aniqlanmagan.

Tailandning “PBC” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, mehmonxona xodimlari soni 400 ga yaqin kishini tashkil qilgan. Yong‘in vaqtida mehmonxona ichida 50 ga yaqin Tailand fuqarosi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

23

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing