Kaliforniyadagi yong‘inlar yetkazgan zarar 275 mlrd dollarga yetdi
Olam
−
14 yanvar
3114AQSHning Kaliforniya shtatida yuz bergan yong‘inlar oqibatida yetkazilgan zarar dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 250-275 milliard dollarni tashkil etmoqda. Bu haqda “AccuWeather” ob-havo kuzatuv servisi xabar berdi.
“AccuWeather” tez tarqalayotgan va kuchli shamol bilan alangalanayotgan yong‘inlar sababli Janubiy Kaliforniyada umumiy zarar va iqtisodiy yo‘qotishlar bo‘yicha dastlabki bahosini yangiladi va uni 250-275 milliard dollarga oshirdi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Los-Anjeles okrugida 7 yanvar kuni boshlangan kuchli o‘rmon yong‘inlari dastlab Pasifik-Paliseyds qirg‘oq hududiga zarar yetkazdi. Keyin esa bir nechta boshqa yong‘in o‘choqlari yuzaga keldi. Vaziyatni kuchli shamol yanada og‘irlashtirib, olovning keng tarqalishiga olib kelmoqda. Taxminan 180 ming kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi, minglab bino va inshootlar yonib ketdi. Ko‘plab Gollivud yulduzlari, jumladan, aktyorlar Mel Gibson va Entoni Xopkins, qo‘shiqchi Peris Xilton va boshqalarning ham uy-joylari kulga aylandi. AQSH Prezidenti Jo Bayden ushbu hodisani yirik tabiiy ofat deb e’lon qilib, shtatga federal yordam ko‘rsatishni buyurdi. Saylangan prezident Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, yetkazilgan zarar ko‘lami yadro hujumidan ham jiddiyroq.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jo Bayden favqulodda vaziyatlar rasmiylari bilan bo‘lib o‘tgan brifingda Los-Anjelesning bir qismini yonayotgan vayronalarga aylantirgan o‘rmon yong‘inlarini tiklash astronomik mablag‘ – o‘nlab milliard dollarga tushishini aytgan edi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar