Kadastr agentligining xodimlari pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
18 aprel 2022 14404 1 daqiqa
Kadastr agentligi Nurobod tumani filialining ikki nafar xodimi pora bilan ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Kadastr agentligining Nurobod tumani filiali kadastr muhandislari A.B. va X.F. fuqaro U.ga qarashli tomorqa yer maydonining 6 sotixida bino va inshoot mavjudligi haqida boshqa bir fuqaro X.ning nomiga kadastr hujjatlarini tayyorlab bermoqchi bo‘lgan. Evaziga 2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Live
Barchasi