Kabo-Verde ilk bor Jahon chempionatiga chiqdi

Sport

image

Kecha, 13 oktyabr kuni Kabo-Verde terma jamoasi Prayadagi “Milliy” stadionda Esvatini ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu g‘alaba Kabo-Verdega  o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etish imkonini taqdim etdi.

Afrikaning g‘arbiy qismida joylashgan vulqon orollari Afrika uchun ajratilgan to‘qqizta avtomatik yo‘llanmadan birini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, Kabo-Verde 2018 yilda Islandiyadan keyin turnirda ishtirok etadigan aholisi eng kam (525 ming) davlat sifatida tarixga kiradi.

Kabo-Verde hal qiluvchi o‘yinda kuchli futbol namoyish etdi. 48-daqiqada Daylon Livrament, 54-daqiqada Villi Semedu va uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda Stopira kiritgan gollar jamoaga “D” guruhida birinchi o‘rinni va mundial yo‘llanmasini ta’minladi.

FIFA ma’lumotlariga ko‘ra, Kabo-Verde o‘yini uchun chiptalar rekord darajada tez sotilgan, hukumat esa xalq ushbu tarixiy voqeani birgalikda nishonlashi uchun yarim kunlik ta’til e’lon qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gana terma jamoasi ham yo‘llanmani qo‘lga kiritib, Tunis, Jazoir, Misr va Marokashdan keyin mundial yo‘llanmasini olgan beshinchi Afrika jamoasiga aylandi. Endi ular qatoriga Kabo-Verde ham qo‘shildi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati FIFA Kabo-Verde Esvati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing