Qo‘ynidan to‘kilsa, qo‘njiga... “UzAuto Motors” 1 oktyabrdan yangi tartib amal qilishini bildirdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 oktyabridan e’tiboran O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun Respublika yo‘l jamg‘armasiga amalga oshiriladigan 3% miqdoridagi yig‘im bundan buyon avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘lanadi. Bu haqda “UzAuto Motors” AJ xabar bermoqda.

Xaridorlar esa o‘sha 3%lik to‘lovni endilikda Ichki ishlar organlarida emas, balki avtomobil xarid qilayotgan chog‘ida avtomobil narxi bilan birga amalga oshirishi lozim bo‘ladi. Bu xaridorlarga qo‘shimcha qulaylik yaratadi, demoqda kompaniya.

1 oktyabrgacha shartnoma imzolagan, ammo hali avtomobilini olmagan xaridorlar bilan qo‘shimcha kelishuv imzolanadi va ular 3%lik to‘lovni avtomobilni qabul qilib olish chog‘ida dilerlik korxonasiga to‘laydi.

“UzAuto Motors” AJ 1 oktyabrdan e’tiboran QQS to‘lovchisiga aylansa ham, avtomobil narxlari Respublika yo‘l jamg‘armasiga amalga oshiriladigan mazkur to‘lovni inobatga olmaganda o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Kompaniya barcha xaridorlarga dilerlik korxonalari xodimlari tomonidan narxlar oshishi borasida berilayotgan boshqa ma’lumotlarga ishonmaslikni, barcha rasmiy ma’lumotlar faqat kompaniyaning rasmiy saytida e’lon qiladi, deya eslatib o‘tgan xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

UzAuto Motors

Baholaganlar

602

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing