Qo‘yliqdagi “ovqat bozori” faoliyati to‘xtatildi
Jamiyat
−
31 iyul
11340Qo‘yliqdagi “ovqat bozori” faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 30 iyul kuni o‘tkazilgan tadbirda bozorda joylashgan ovqat sotish shoxobchasida sanitariya qoidalari qo‘pol ravishda buzilayotgani, bir necha marotaba ogohlantirishlar va targ‘ibot ishlari o‘tkazilishiga qaramasdan ob’ektda holat o‘zgarishsiz qolgani sababli “ovqat bozori” ning ish faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
“Ob’ektda sanitariya holati yaxshilanib, mutaxassislar tomonidan talabga javob berishi to‘g‘risida xulosa berilmagunga qadar “ovqat bozori” ish faoliyatini davom ettirmaydi”, deyiladi xabarda.