Qo‘yliqda aka-ukalar ayol va uning tanishlari tomonidan do‘pposlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqalarda joriy yilning 13 aprel kuni Toshkentning Qo‘yliq bozorida andijonlik aka-uka 20 ga yaqin notanish kimsalar tomonidan kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Unda aka-ukalarni shifoxona qabul qilimayotgani hamda IIB xodimlari ham holatni e’tiborsiz qoldirayotgani aytilgan. Toshkent shahar IIBB hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Bildirilishicha, mazkur fakt bo‘yicha Bektemir tumani IIO FMB 4-son ichki ishla bo‘limi profilaktika inspektori tomonidan tergov oldi tekshiruvi o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida aniq bo‘lishicha, 13 aprel kuni taxminan soat 14:30 da “Compass” ko‘ngilochar-savdo markazi yaqinida 32 yoshli Maftuna S. va uning bir nechta tanishlari (hozirga qadar ulardan besh kishining shaxsi aniqlandi) haqiqatdan ham aka-uka 1990 va 1989 yillarda tug‘ilgan Jahongir O. va Javohir O.ga tan jarohati yetkazishgan. Yetkazilgan badan shikastlari og‘irligi darajasini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlanib, tashqi videokuzatuv kameralari yozuvi olingan.

Profilaktika inspektori tomonidan tergov oldi tekshiruvi davomida to‘plangan materiallar Bektemir tumani IIO FMB tergov bo‘limiga topshirilgan.

Jinoyat bir guruh fuqarolar tomonidan jamoat joyida sodir etilgani sababli, Bektemir tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277 moddasi 2 qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishiga gumonlanuvchi tariqasida 32 yoshli Maftuna S. jalb qilinib, so‘roq qilingan.

Qayd etilishicha, tergov davomida hodisa sabablariga va boshqa shaxslarning jinoyatga aloqadorligiga aniqlik kiritilib, ularning hatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent IIBB

Baholaganlar

210

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing