Quyi Chirchiq tumaniga yangi hokim, prokuror va soliqboshi tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 12 iyun kuni Xalq deputatlari Quyi Chirchiq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. BU haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rildi. Sessiya yakunlariga ko‘ra, bugundan e’tiboran Akmal Arslonovich Xolmurodov Quyi Chirchiq tumani hokimi, Qo‘ldoshev Abdumalik Abdug‘aniyevich tuman prokurori, Imomov Shuhratali Toirovich tuman soliq inspeksiyasi rahbari sifatida ish boshladi.

Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari Qahramon Quronboyev, viloyat rahbari Rustam Xolmatov ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati tayinlov

Baholaganlar

42

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing