Quyoshni o‘rganish bo‘yicha Hindiston stansiyasi Lagranj nuqtasiga yetib bordi

Bu qiziq

image

Hindistonning Quyosh tomon uchirilgan “Aditya-L1” stansiyasi Lagranj nuqtasiga yetib bordi. Bu haqda Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti rahbari Sridxara Somanat ma’lum qildi.

 “Aditya-L1” u yerga 6 yanvar kuni soat 16.00 da (Toshkent vaqti bilan 15:30) yetib bordi va biz uni o‘sha yerda ushlab turish uchun barcha ishlarni amalga oshiramiz”, deydi u.

Quyosh energiyasini o‘rganish bo‘yicha ushbu missiya o‘tgan yilning 2 sentyabrida boshlangandi.

Lagranj nuqtasi Yer va Quyosh o‘rtasidagi tortishish kuchlari muvozanati sodir bo‘ladigan joydir. Oy, Mars va Venera kabi sayyoralarning ta’siri tufayli fazodagi kuchlarning neytralligiga erishib bo‘lmasa-da, L1 nuqtasi kuzatuvlar uchun barqaror pozitsiyani ta’minlaydi.

Kosmik kemada fotosfera, xromosfera va Quyoshning eng chekka qatlamlarini elektromagnit va magnit maydon detektorlari yordamida kuzatish uchun yettita asbob mavjud. Stansiya belgilangan orbitaga yetib borgach, missiyaning asosiy apparati - radiatsiya chizig‘i koronagrafi tahlil qilish uchun yerdagi stansiyasiga kuniga 1440 ta tasvir jo‘natadi.

 “Aditya-L1” missiyasi quyosh tojining qizishi, toj massasini chiqarib yuborish, chaqnashdan oldingi faollik va xususiyatlari, kosmik ob-havo dinamikasi, quyosh shamolining tarqalishi, zarralar haqida ma’lumot berishi kutilmoqda.

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi hind olimlarini ushbu muhim voqea bilan tabrikladi.

"Hindistonning birinchi quyosh observatoriyasi o‘z manziliga yetib keldi. Bu olimlarimizning eng qiyin va murakkab kosmik missiyalarni bajarayotganidan dalolatdir. Biz insoniyat uchun ilm-fanning yangi qirralarini o‘rganishda davom etamiz”, deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

“Aditya-L1” stantsiyasi Er va Quyosh o'rtasidagi tortishish kuchlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar