Quvayt aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kuvaytning “Jazeera Airways” aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Kuvayt davlati o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim asosida “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan joriy yilning 12 aprel kuni “Jazeera Airways” aviakompaniyasiga Kuvayt – Toshkent – Kuvayt yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ekspluatatsion ruxsatnoma berilgan. 

Aviakompaniya parvozlarni A320-214 va A320-251N havo kemalarida amalga oshirishini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, “Jazeera Airways” Kuvaytning eng yirik aviakompaniyalaridan biri bo‘lib, Yevropa, Yaqin Sharq va Osiyoning 40 ga yaqin mamlakatiga muntazam reyslarni amalga oshiradi hamda eng yangi A320 samolyotlar parkiga ega.

Joriiy yilning 28 yanvar kuni O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov (hozirgi vaqtda Turizm va sport vaziri – tahr.) “Jazeera Airways” aviakompaniyasi vitse-prezidenti Ravindran Bxaratxan boshchiligidagi delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainaning MAU aviakompaniyasi Kiyev-Toshkent va Toshkent-Kiyev yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ygandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

35

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing