Quvayt Amiri shifoxonaga tushib qoldi

Olam

image

Quvayt Amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda KUNA agentligi xabar berdi

Qayd etilishicha, 86 yoshli Amir davolanish va tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun shifoxonaga olib ketilgan. Monarxning ahvoli barqaror ekani aytilmoqda. Biroq boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

Ma’lumot uchun, Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh Quvaytni 2020 yil sentyabridan buyon boshqarib kelmoqda. Undan oldingi monarx shayx Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh 2020 yil iyul oyida shifoxonaga yotqizilgan. 91 yoshli monarx o‘zi davolanayotgan AQSHdagi shifoxonada vafot etgan.

Quvayt Arabiston yarimorolida, Fors ko‘rfazining shimoli-g‘arbiy sohilida joylashgan mamlakat. Uning davlat tuzumi konstitutsion monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1962 yil 16 noyabrda qabul qilingan. Davlat boshlig‘i – Amir. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Amir va parlament, ijroiya hokimiyatni Amir va Vazirlar Kengashi amalga oshiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Quvayt Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing