Quvasoy shifoxonasida bosh shifokor pichoqlandi

3-sahifa

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda, Quvasoy shahri tibbiyot birlashmasida bosh shifokor bemor ayolning eri tomonidan pichoqlangani haqida xabarlar tarqalgandi. Bunga Farg‘ona viloyati IIB o‘z munosabatini bildirdi. 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 11 dekabr kuni  Quvasoy shahar tibbiyot birlashmasida fuqaro  N.A. ushbu birlashma bo‘lim boshlig‘i X.N. bilan o‘zaro kelishmovchilik sababli janjallashib, yonidagi pichoq bilan bosh shifokorga og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Holat shu kunning o‘zida Quvasoy shahar IIB tomonidan tegishli tartibda ro‘yxatga olinib,  voqea joyiga tergov-tezkor guruhi yetib borgan. 

"Mazkur holat yuzasidan shahar IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan JKning 104-moddasi 2-qismi “l” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchi N.A. JPKning 227-moddasi tartibida ushlangan. Jinoyat ishi viloyat IIB tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, yakuniga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi", deyiladi bu haqdagi munosabatda.


Maqola muallifi

Teglar

Quvasoy shifoxonasi bosh shifokor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar