Qo‘shni poytaxtni suv bosdi

Olam

image

Kuchli yomg‘irdan keyin Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahri yana suv ostida qoldi. Yomg‘ir oqibatlarini bartaraf etish uchun 140 ta maxsus texnika jalb qilindi. Bu haqda bugun, 27 iyun kuni shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

26 iyundan 27 sanaga o‘tar kechasi Nur-Sultonda kuchli yomg‘ir yog‘di, bir qator ko‘chalar suv ostida qoldi. Bu bir oy ichida uchinchi kuchli yomg‘ir kuztilishidir. Shahar hokimiyati suv bosgan ko‘chalardan suvni haydash choralarini ishga solgan.

"140 ta maxsus texnika jalb qilindi, 20 ming kubometrdan ortiq yomg‘ir suvi haydaldi", deyiladi hokimlik matbuot xizmati bergan ma’lumotda.

Ma’muriyatning ta’kidlashicha, bu safar poytaxtdagi Imanova ko‘chasi juda qattiq suv ostida qolgan. Chunki bu yerda keng ko‘lamli qurish ishlari olib borilmoqda. Rejaga ko‘ra, qurilish 2021 yilda to‘liq yakunlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

534

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing