Qo‘shni davlatdan o‘qishni “perevod” qilish uchun 6 ming dollar olgan shaxs ushlandi
Jamiyat
−
16 iyul 2021
3383Toshkentning Yashnobod tumanida T.I. ismli shaxs boshqa bir fuqaroning ishonchiga kirib, unga “xorijdagi” o‘qishini ko‘chirtirib berish evaziga 6 ming AQSH dollari undirdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Departament hamda Davlat xavfsizlik xizmatiningning Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro T.I. fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, unga Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universitetini 1- kursini tamomlaganligi to‘g‘risida hujjatlarni rasmiylashtirib bergani aniqlangan.
Aniqlanishicha, 1- kursini tamomlaganligi to‘g‘risida hujjatlarni rasmiylashtirilganidan so‘ng, T.I. yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida o‘qishini Toshkent tibbiyot Akademiyasiga ko‘chirtirib berish evaziga 6 ming AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi