Qo‘shiqchi Matrang hibsga olindi

Madaniyat-san’at

image

“Meduza” qo‘shig‘i bilan tanilgan xonanda Matrang Tailanddagi orollardan biri – Pxuketda hibsga olindi. Bu haqda kecha, 20 fevral kuni uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi jonli efirida ma’lum qildi.

Rossiyalik ijrochi Matrang muxlislariga Tailand politsiyasi tomonidan ushlanganini aytgan. U politsiya bo‘limiga olib ketilgan. Ammo aynan nima uchun qo‘lga olingani hozircha noma’lum. Qo‘shiqchining fikricha, mahalliy aholi tomonidan unga tuhmat qilingan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Matrang uni deportatsiya qilishlari mumkinligidan xavotirda.

Ma’lumot uchun, asl ismi Alan Xadzaragov (Matrang) 1995 yilda Vladikavkazda osetin oilasida tug‘ilgan. Bolaligida “Arion” respublika xorining solisti bo‘lgan. 17 yoshida u o‘zining "Ugly World" deb nomlangan birinchi qo‘shig‘ini yozgan, keyin "Planet Moon" debyut albomini chiqargan. Maktabdan so‘ng dizayner bo‘lish uchun Vladikavkazdagi Sivilizatsiya institutiga o‘qishga kirgan. Biroq tez orada universitetni tashlab, Moskvaga jo‘nab ketgan. U yerda u Matrang - Vetnam tilidan tarjima qilinganda "oy" taxallusi ostida ijod qilgan. 2018 yilda kuylagan "Meduza" xiti tufayli omma e’tiboriga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Alan Xadzaragov videomurojaat qilib, o‘z muxlislaridan moddiy yordam so‘ragan va qayerda ekanligini ham ma’lum qilgandi.

Ulkanbayeva Rayhona


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Meduza Matrang

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made