“Matrang haqidagi gap-so‘zlar yolg‘on”. Qo‘shiqchi Rossiyaga qaytdi

Madaniyat-san’at

image

"Meduza" xiti ijrochisi Matrang Tailandga faqatgina dam olgani borgani, hech kimdan qochmagani aytilmoqda. Bu haqda uning singlisi Instagram'dagi sahifasida xabar berdi.   

Uning aytishicha, qo‘shiqchi haqidagi ko‘p gaplar bo‘hton. Alanning bu ahvoli uning oilasi bilan ko‘p vaqt muloqot qilishiga imkon bermagan. Matrangning Rossiyaga qaytishni xohlayotgani va barcha ommaviy chiqishlari, Tailandga ketishi sababi haqidagi barcha ma’lumotlarda chalkashlik bor.  

"Alan dastlab Tailandga ta’tilga bordi, bu qochish yoki majburiy sayohat emas edi.  U OAVda gapirgan bokschilar bilan bog‘liq vaziyat bir necha yil oldin sodir bo‘lgan va uning Rossiyaga qaytmaganiga hech qanday aloqasi yo‘q. Oilasi va do‘stlari doimo u haqida qayg‘uradi.  Alanni Tailanddan rasmiy ravishda deportatsiya qilishmadi. Aksincha, bu biz va pul yig‘ib berilgan homiylar  tomonidan uyushtirilgan operatsiya bo‘lib, u bir necha bor muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bizning g‘oyamizga qarshi bo‘lgan Matrang qochib ketdi va manipulyatsiya qildi, lekin biz taslim bo‘lmadik. Amalga oshirilgan qutqarish rejasi haqida hech qanday izoh bermadik, chunki ortiqcha gap-so‘zlar ko‘payishini istamaymiz", deydi uning singlisi.   

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaga olib kelingan Matrang endilikda shifoxonaga yotqiziladi. Ayni paytda hech kim bilan muloqot qilmaydi va uning barcha faoliyati to‘xtatiladi, shu bilan birga konsertlar ham tashkil qilinmaydi.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tailanddagi orollardan biri – Pxuketda Alan hibsga olingani haqidagi xabarni jonli efiri vaqtida ma’lum qilgandi.

Ulkanbayeva Rayhona


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Matrang

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing