“Qo‘shaloq to‘y”: Nodirbek – peshqadam! Sindorov – g‘olib!
Sport
−
25 yanvar 2023
18896"Tata Steel Chess 2023"ning 9-raund bahslari yakunlandi.
"Masters" guruhida 6 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov (2713) germaniyalik Vinsent Keymerga (2696) qarshi dona surdi.
Abdusattorov va Keymer o‘rtasida 7 soatga yaqin davom etgan o‘yin natijasi esa - durang!
Shunday qilib, Nodirbek guruhda 9ta o‘yin bilan 6.5 ochko jamg‘arib, peshqadamlikni saqlab qoldi.
"Challengers" guruhida 5 ochko bilan 4-o‘rinda borayotgan Javohir Sindarov (2654) esa shaxmat tarixida eng yosh grossmeyster bo‘lgan AQSH vakili Mishra Abhimanyu (2559) bilan bahsga kirishdi va juda chiroyli g‘alaba bilan 9ta o‘yindan 6 ochko jamg‘arib, o‘z guruhida peshqadamdan atigi 0.5 ochko ortda qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 22 yanvar kuni o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov musobaqaning 8-tur bahslarida amerikalik Levon Aronyanga qarshi bahs olib borib, durangga imzo chekkan edi.
LiveBarchasi