Qurollangan askar harbiy qismdan qochib ketdi
Olam
−
20 fevral 2020
13611Qozog‘istonning Chimkent shahri yaqinidagi harbiy qismdan askar qurol bilan qochib ketdi. Politsiya uni qidirmoqda.
Mamlakat Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Chimkent shahri yaqinidagi havo hujumiga qarshi harbiy qismlarning biridan shartnoma asosida xizmat qilayotgan kichik serjant o‘zboshimchalik bilan qismni tark etgan. O‘q-dori saqlash xonasida ma’lum miqdordagi o‘qotar qurol yetishmasligi aniqlangan.
Huquq-tartibot organlari va harbiy politsiya harbiy xizmatchini qo‘lga olish va yo‘qolgan qurollarni qidirishga oid barcha zaruriy tezkor-tadbirlarni o‘tkazmoqda. Shuningdek, xavfsizlikni ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda qism navbatchisining yordamchisi jangovar navbatchilik vaqtida soat 4:00 da qurol o‘g‘irlagani haqida xabarlar tarqaldi. Xabarda “Perexvat” rejasi haqida gap bormoqda.
Aytilishicha, 30 dona AK-74, 27 dona 9 mm Makarov to‘pponchasi, AK o‘qlari (420 dona), Makarov pistoleti o‘qlari (48 dona), travmatik to‘pponcha (bir dona, 24 dona o‘q) o‘g‘irlangan.
LiveBarchasi