Qo‘rqinchli va chiroyli: Indoneziyada vulqon otildi (foto, video)

Bu qiziq

image

Joriy yilning 17 aprelga o‘tar kechasi Indoneziyaning Shimoliy Sulavesi provinsiyasidagi Tagulandang orolida Ruang vulqoni otildi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yaqin atrofdagi qishloqlarda 800 dan ortiq odam o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan, ularning ko‘plari paromlarga chiqib, cherkovlar va jamoat markazlarida boshpana topgan.

Mamlakat vulqondan qochgan odamlar uchun yangi boshpanalarni qurmoqda.

"Bu juda qo‘rqinchli manzara edi, lekin ayni paytda juda chiroyli ham. Biz vulqon yonbag‘irlari bo‘ylab oqayotgan lavani va osmonga ko‘tarilgan kulni ko‘rdik", deydi mahalliy aholidan biri.

Ruang Indoneziyadagi eng faol vulqonlardan biri bo‘lib, balandligi 2300 metrdan oshadi.


Maqola muallifi

Teglar

Indoneziya vulqon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing