Qurilish vazirligi Andijonda noqonuniy qurilayotgan binolar haqida ma’lumot berdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Qurilish vazirligi Andijon viloyatida amaldagi qonunchilikni buzgan holda barpo etilayotgan inshootlar haqida ma’lumot berdi. ta’kidlanishicha, aniqlangan muammolar yuzasidan hududiy inspeksiya tomonidan ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

1. Andijon shahar hokimining 2019 yil 18 oktyabrdagi 798-q sonli qarori bilan Andijon shahri Mashrab ko‘chasida 7 qavatli (1-qavatida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchasi, yuqori qavatlari turar-joy) bino qurilishiga ruxsat berilgan. Belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi 370-sonli qarori talablariga asosan qurilish ob’ektiga tegishli bo‘lgan shaharsozlik hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilgan.

Biroq, Respublika ishchi komissiyasi tekshiruvida loyihachi “Andijonfuqaroloyiha” MCHJ tomonidan Shaharsozlik norma va qoidalari talablarining bajarilishida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. Ularni bartaraf etish bo‘yicha 2021 yilda 2-7/41-sonli yozma ko‘rsatma berilgan. Berilgan yozma ko‘rsatmaga “Andijonfuqaroloyiha” MCHJ tomonidan o‘z vaqtida javob berilmaganligi uchun inspeksiya 35-sonli xat asosida O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudiga yuborgan. 

2. Izboskan tumani hokimining 2019 yil 25 sentyabrdagi 2915-q sonli qarori bilan Izboskan tumani Poytug shahri Mirzo Ulug‘bek MFY Yangi bozor ko‘chasi hududida ko‘p qavatli turar-joy binosi qurilishiga ruxsat berilgan. Qurilish ishlari esa “Izzatbek savdo kapital” MCHJ tomonidan olib borilmoqda.

Ushbu ob’ekt bo‘yicha belgilangan tartibda shaharsozlik hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilgan. Respublika ishchi komissiyasi tekshiruvida “Izzatbek savdo kapital” MCHJ mansabdor shaxsiga Shaharsozlik normalari va qoidalari talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha joriy yilning 11 fevral kuni 03/03-1-sonli yozma ko‘rsatma berilgan.

Yozma ko‘rsatma bo‘yicha tashkilot mas’ul shaxsi tomonidan o‘z vaqtida qurilishdagi kamchiliklar bartaraf etilmagani uchun Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida 32-sonli bayonnoma va 32-sonli xat bilan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Izboskan tumani sudiga yuborilgan.

3. Andijon shahar hokimining 2018 yil 6 avgustdagi 860-q sonli qarori bilan Andijon shahar, Fitrat ko‘chasida 6 qavatli (1-qavatida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchasi, yuqori qavatlari turar-joy) bino qurilishiga ruxsat berilgan.

Ushbu ob’ekt bo‘yicha ham shaharsozlik hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilgan. Respublika ishchi komissiyasi tekshiruvida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha esa ushbu ob’ektning ish yurutuvchisiga Shaharsozlik normalari va qoidalari talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha 09.02.2021 yilda 14-2/006-sonli yozma ko‘rsatma berilgan.

Berilgan yozma ko‘rsatma bo‘yicha o‘z vaqtida qurilishdagi kamchiliklarni bartaraf etib, chora-tadbirlarga belgilangan vaqtda javob berilmaganligi uchun inspeksiya tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida 36-sonli bayonnoma va joriy yil 2 mart kuni 36-sonli xat asosida O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudiga yuborilgan.

4. Baliqchi tumani hokimining o‘tgan yil 13 apreldagi 140-q sonli qarori bilan Baliqchi tuman, “Oqqo‘rg‘on” MFY hududida 9 qavatli (1-qavatlari “Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish” shahobchalari, yuqori qavatlari turar-joy) ob’ekt qurishga ruxsat berilgan. Qurilish pudrat ishlarini “Standart savdo plast” MCHJ olib bormoqda. Ushbu turar joy bo‘yicha belgilangan tartibda shaharsozlik hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilgan. Respublika ishchi komissiyasi tekshiruvida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha esa ularni bartaraf qilish yuzasidan 12.02.2021 yilda 02-8/7-sonli yozma ko‘rsatma berilgan.

Berilgan yozma ko‘rsatma bo‘yicha mas’ul shaxs tomonidan o‘z vaqtida qurilishdagi kamchiliklar bartaraf etilmagani uchun inspeksiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Baliqchi tumani sudiga yuborilishi uchun hujjatlar tayyorlandi. 

5. Andijon shahar hokimining o‘tgan yil 23 apreldagi 203-q sonli qarori bilan Andijon shahar “Yayilma” MFY, 4-qavatli turar-joylar hududida “And Ravnaq Construction” MCHJga 5 qavatli turar-joy binosi qurilishiga ruxsat berilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2018 yildagi №370-sonli qarori talablariga asosan qurilish ob’ektiga tegishli bo‘lgan shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirilishida buzilishlar mavjud ya’ni ob’ekt Andijon shahar Bosh rejasiga kiritilmagan hamda loyiha “Arxitektura-shaharsozlik kengashi” tomonidan ko‘rib chiqilmagan, bayon olinmagan.

Respublika ishchi komissiyasi tekshiruvida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha loyiha muallifi "Me’mor arch konsept" MCHJga Shaharsozlik normalari va qoidalari talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha 02.02.2021 yilda 2-7/2-m-sonli yozma ko‘rsatma berilgan. 

Berilgan yozma ko‘rsatmaga loyiha muallifi "Me’mor arch konsept" MCHJ direktori tomonidan o‘z vaqtida javob berilmaganligi uchun inspeksiya tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida 34-sonli bayonnoma rasmiylashtirilgan va 34-sonli xat bilan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudiga yuborilgan. 

6. Izboskan tumani hokimining o‘tgan yil 8 iyundagi 249-q sonli qarori bilan Izboskan tumani, “Daminboychek” MFY hududida 2 dona 5 qavatli turar-joy binolari qurilishiga va loyiha-smeta hujjatlarini amalga oshirishga ruxsat berilgan. Qurilish pudrat ishlari esa “MIDX” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

1

Ushbu ob’ekt bo‘yicha belgilangan tartibda shaharsozlik hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilgan. Respublika ishchi komissiyasi tekshiruvida qurilishning ish yurutuvchisiga Shaharsozlik normalari va qoidalari talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha joriy yil 12 fevralda 4863-sonli ko‘rsatma berilgan. Berilgan yozma ko‘rsatma bo‘yicha o‘z vaqtida qurilishdagi kamchiliklar bartaraf etilmagani uchun inspeksiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Izboskan tumani sudiga yuborilgan.

7. Xo‘jaobod tumani hokimining 2019 yil 30 dekabrdagi 1725-q sonli qarori bilan Xo‘jaobod tumani, Ittifoq massividagi 5-7 qavatli turar-joy binosi qurilishiga yer maydoni ajratib berilgan.

Ushbu ob’ekt bo‘yicha belgilangan tartibda shaharsozlik hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilgan. Qurilish pudrat ishlari “Baraka Fayz ixtisoslashgan qurilish” MCHJ tomonidan olib borilmoqda. Ushbu qurilishning ish yurituvchisiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha inspeksiya tomonidan joriy yil 12 fevralda 02-8/4-sonli yozma ko‘rsatma berilgan. 

Berilgan yozma ko‘rsatma bo‘yicha o‘z vaqtida qurilishdagi kamchiliklar bartaraf etilmagani bois O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumani sudiga yuborish uchun tayyorlangan. 

8. Andijon shahar Buxoro ko‘chasida 9 qavatli, 1-qavatini savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchasi, yuqori qavatlari 101 xonadonli turar-joy binosining qurilish ishlari "Smart panel hamkor" MCHJ tomonidan amalga oshirilgan.

Belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2018 yildagi №370-sonli qarori talablariga asosan shaharsozlik hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilgan. Ushbu qurilishning ish yurituvchisiga Shaharsozlik normalari va qoidalari talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha joriy yil 12 fevralda 14-02/009-sonli yozma ko‘rsatma berilgan. 

Mas’ul shaxs tomonidan berilgan yozma ko‘rsatma bo‘yicha o‘z vaqtida qurilishdagi kamchiliklar bartaraf etilmagani uchun inspeksiya tomonidan joriy yil 2 martda O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar to‘plami rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumani sudiga topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qurilish vazirligi

Baholaganlar

38

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing