Qo‘rg‘ontepa tumaniga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
07 avgust 2023
6259Bugun, 7 avgust kuni Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Alisher Olimjonovich Halilov endilikda Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi sifatida faoliyat yuritadi. Bunga qadar u Andijon viloyat hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimida ishlagan.
Ma’lumot uchun, tumanning avvalgi hokimi Elyorbek Nabijonov joriy yilning 11 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida investitsiyalar jalb qilishni yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tumanda investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha ko‘rsatkichlar pastligi hamda investitsiya muhiti qoniqarsizligi vajidan lavozimidan ozod qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, shuningdek, Sirdaryo viloyatining Xovos tumani hamda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l va Bekobod tumanlariga ham yangi hokimlar tayinlangandi.