Qur’onning rus tilidagi tafsirini yaratgan ayol vafot etdi
Olam
−
03 Sentabr 2019
5010Bugun, 3 sentyabr kuni rossiyalik professional tarjimon va musulmon jamoatchiligi vakili Iman Valeriya Poroxova 79 yoshida vafot etdi. U Qur’onning rus tilidagi mashhur sharhining (tafsir) muallifi sifatida tanilgan. Uning tafsirini 12 ta nashriyot ma’qullab, chop ettirgan.
Valeriya Proxorova Gumanitar fanlar akademiyasi, Xalqaro Yevroosiyo madaniyati akademiyasi boshqaruv kengashi, Xalqaro axborotlashtirish akademiyasi, Rossiya tabiiy fanlar akademiyasining a’zosi hisoblanadi. Shuningdek, u Yevrosoiyo milliy universitetining faxriy professori hisoblanadi.
O‘tgan yilning noyabr oyida Proxorova Tatarston Musulmonlar diniy boshqarmasiga borib, respublika muftiysi Kamil Samigullin bilan uchrashgandi.
LiveBarchasi